Bill Geyts: koronavirusga qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi
COVID-19ga qarshi kurash uchun xayriya jamg‘armasi 300 million dollar ajratgan «Microsoft» korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts koronavirusga immunitet hosil bo‘lishi uchun odamga bir emas, bir nechta vaksina dozasi kerak bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda «CBS News» telekanali xabar berdi.
«Ayni vaqtda hech qaysi vaksina bir martalik dozadan so‘ng ta’sir qiladiganga o‘xshamayapti. Bunga boshida umid qilsa bo‘lardi», — dedi Geyts telekanalga bergan intervyusida.
Shunga qaramay, u ikkinchi avlodga mansub birorta vaksina kelgusida hayron qoldirishi mumkinligini ham istisno qilmadi.
«Atigi ikkita dozadan umid qilyapmiz. Faqat keksalarga ko‘proq doza talab etilishi mumkin», — dedi «Microsoft» asoschisi «Qancha vaksina kerak bo‘ladi?» degan savolga javob berarkan.
Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi JSSTning ikkinchi eng yirik donori hisoblanadi. U 2018-2019-yillarda tashkilot budjetining 9,76 foizini ta’minladi. Jamg‘arma vaksina va dorilar ishlab chiqarish sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter