Avtomobilda harakatlanishga ruxsat beruvchi stiker olishga ko‘maklashadigan tashkilot yana bittaga ko‘paydi
O‘zbekistonda avtomobillarda harakatlanishga ruxsat etuvchi stiker berishga ko‘maklashadigan tashkilot yana bittaga ko‘paydi. Endilikda O‘zbekiston eksportchilari uyushmasiga ham mana shunday vakolat berildi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.
Eksportchilar uyushmasi yirik tadbirkor va eksportyorlarning ro‘yxatini shakllantirib, Adliya vazirligi tomonidan stiker olishga ko‘maklashadi. Bugundan kuchga kirgan mazkur kelishuvga ko‘ra, uyushma Iktisodiyot vazirligiga stiker olishga ruxsat so‘rayotgan yirik korxonalar va tadbirkorlarning zaruriy avtomashinalariga istisno tariqasida ruyxatini taqdim etadi, shundan so‘ng tasdiqlangan xujjat Adliya vazirligiga kiritiladi.
Buning uchun stiker olishga talabgor yuridik shaxs korxona nomi va ish faoliyati nimadan iboratligi to‘g‘risida ariza kiritishi lozim. Murojat ma’lum muddat oralig‘ida ko‘rib chiqilib barcha talablarga javob bersagina stiker oluvchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Ayni mavzuda uyushmaga kuniga 400 dan ortik murojat va savollar kelib tushayotganini xisobga olgan holda masalaga jiddiy etibor qaratildi.
Bu imkoniyatdan qo‘shtirnoq ichidagi «uddaburon tadbirkorlar» foydalana olmasliklari uchun O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi aniq ma’lumotlarga tayanib, arizalarni ko‘rib chiqadi va «premium klass»dagi avtomobillarni stiker oluvchilar ro‘yxatiga kiritmaydi.
Murojat uchun:
Telegram : @Exportchilar_uyushmasi
[email protected]
+998 99 655 22 11 Sanjar Fazliddinov
+998 98 123 77 05 Dilshod Mingliyev
+998 90 963 33 75 Jamshed Fayazov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter