Aviakompaniyalar koronavirusni deb Britaniya hukumatini sudga berishdi
British Airways, Ryanair, Easyjet kabi yirik aviakompaniyalar Buyuk Britaniyaga kelganlarning hammasiga ikki haftalik majburiy karantin joriy etgani uchun mamlakat hukumatini sudga berishdi, deya xabar berdi «Bloomberg».
Aviakompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar mamlakat iqtisodiyoti va turizmiga halokatli ta’sir ko‘rsatadi va minglab ish o‘rinlarini yo‘q qiladi. Ularning fikricha, eski qoidalarga qaytish lozim: unga ko‘ra ikki haftalik majburiy karantin faqat xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan kelganlarga joriy etilishi zarur.
Buyuk Britaniyada 8-iyundan joriy etilgan yangi qoidalarga muvofiq, mamlakatga tashrif buyurgan har bir kishi 14 kunlik majburiy karantindan o‘tishi, shuningdek, o‘z-o‘zini izolyasiya qilish manzili hamda aloqa qilish uchun ma’lumotlarni berishi zarur.
British Airways vakillarining izohlashicha, yangi cheklovlar tufayli kompaniya kuniga 25 million dollardan zarar ko‘rmoqda, shu bilan birga, aviakompaniya iyulda muntazam reyslarning 40 foizini tiklashni rejalashtirgandi. EasyJet 15-iyundan, Ryanair esa 1-iyuldan muntazam reyslarni qisman tiklashni rejalashtiryapti.
Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi va u bilan bog‘liq cheklovlar tufayli aviakompaniyalar umumiy hisobda 2020-yilda 84 milliard, 2021-yilda yana 20 milliard dollar yo‘qotishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter