«AstraZeneca» vaksinasi nomini nega o‘zgartirdi?
Oksford universiteti bilan hamkorlikda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqargan ingliz-shvedlarning AstraZeneca kompaniyasi preparat nomini Vaxzevria deb o‘zgartirdi. Bu haqda Shvetsiya Dori vositalari ma’muriyatining veb-saytida chop etilgan press-relizda ma’lum qilingan.
Unda yozilishicha, vaksina nomining o‘zgarishi boshqa o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Lekin mutaxassislar ushbu qayta nomlashdan boxabar bo‘lishlari kerak. Chunki preparatning qadoqlanishi va markalanishi birinchisidan farq qilishi mumkin. Yevropa dorilar agentligi (YeMA) 25-mart kuni AstraZeneca kompaniyasi tomonidan berilgan tegishli arizani ko‘rib chiqib, vaksinaning yangi nomini tasdiqladi.
«Vaxzevria — 18 yosh va undan katta odamlarda SARS-CoV-2 virusi keltirib chiqaruvchi koronavirus infeksiyasining (COVID-19) oldini olish uchun ishlatiladigan vaksinadir», — deyiladi YeMA xabarida.
Eng mashhur COVID-19 vaksinalaridan birining nomini o‘zgartirish kimga kerak bo‘lib qoldi, degan savolga tadbirga bag‘ishlangan press-relizdan javob topish mumkin.
«Barcha preparatlar o‘zgacha nom bilan atalishi kerak. Dori-darmonlarga nom tanlashda siz ham chiroyli so‘zlardan, ham umumiy nomlardan foydalanishingiz mumkin», — deyiladi unda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter