AQShda ikki yuzli uloq tug‘ildi (Foto)
![AQShda ikki yuzli uloq tug‘ildi (Foto)](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_389174282.jpg)
AQShning Viskonsin shtatida ikki boshli uloq tug‘ildi, deya ma’lum qildi g‘ayritabiiy jonivor paydo bo‘lgan ferma egasi.
Ferma xo‘jayini ajoyib echki bolasini ikki yuzli Qadimgi Rim ma’budasi sharafiga Yanus deb atadi. U juda yoqimtoy, o‘zini yaxshi tutadi, faqat hech to‘yganini bilmaydi. Veterinarning aytishicha, uning yuragi bilan o‘pkasi yaxshi ishlayapti, ikkala bosh suyagi ham to‘liq shakllangan.
«U xuddi ovqat so‘rayotgandek menga tikilgani-tikilgan», — deb yozadi fermer Feysbukda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter