Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antoniu Guterresh: koronavirus nazoratdan chiqib ketyapti

Antoniu Guterresh: koronavirus nazoratdan chiqib ketyapti

Foto: «Dialog.ua»

Koronavirus tarqalishi nazorat ostidan chiqib ketyapti, deya BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh matbuot anjumanida e’lon qildi.

«COVID-19 pandemiyasi — shunday inqirozki, hayotimizdagi inqirozlardan birortasiga ham o‘xshamaydi. Shu tariqa Bosh Assambleyaning bu yilgi sessiyasi ham boshqa birortasiga o‘xshamaydi», — dedi Guterresh.

Uning ta’kidlashicha, yaqinda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 1 milliondan oshadi.

«Ustiga-ustak, virus tarqalishi nazorat ostidan chiqyapti. Virus — zamonaviy dunyodagi global xavfsizlik uchun birinchi raqamli tahdid», — deya e’lon qildi bosh kotib.

Uning ta’kidlashicha, COVID-19 vaksinasi pandemiya tufayli kelib chiqqan inqirozni hal qilolmaydi. Ko‘pchilik vaksinadan umid qilyapti. Biroq pandemiyaning davosi yo‘q.

«Birgina vaksina bu inqirozni hal qilolmaydi. Har holda yaqin kelajakda hal qilolmasligi aniq», — dedi Guterresh.

U davolashda yordam beradigan, infeksiya tarqalishiga qarshi kurashadigan, hayotiy muhim muolajalar bilan ta’minlaydigan, ayniqsa, keyingi 12 oy davomida insonlar hayotini saqlab qoladigan yangi va mavjud vositalardan foydalanishni yanada kengaytirishga chaqirgan.

«Biroq... vaksinaga global ijtimoiy manfaat sifatida qarash kerak, negaki COVID-19 chegara bilmaydi. Bizga odamlar uchun hammabop va hamyonbop vaksina kerak», — dedi bosh kotib.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring