Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya bosh direktori pnevmoniyadan vafot etdi

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya bosh direktori pnevmoniyadan vafot etdi

Foto: «lenta.ru»

Rossiyaning eng yirik tog‘-metallurgiya xoldinglaridan biri hisoblangan «Metalloinvest»ning bosh direktori Andrey Varichev hayotdan ko‘z yumdi. U 52 yoshda edi. O‘lim faktini «Metalloinvest» rahbari deputat bo‘lgan Kursk viloyati ma’muriyati vakili tasdiqladi. «Forbes»ning yozishicha, uning o‘limiga pnevmoniya sabab bo‘lgan. U 27-aprel, dushanba kuni Moskvadagi xususiy klinikalardan birida jon bergan.

Top-menejerga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va oxirgi bir necha kun o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatga ulab qo‘yilgan.

Pnevmoniya — koronavirusda kelib chiqadigan asoratlardan biri.

Xabarlarga ko‘ra, Varichev COVID-19 ga test topshirgan, biroq natija manfiy chiqqan.

«Metalloinvest» — Rossiyadagi eng yirik temir koni kompaniyalaridan biri bo‘lib, u milliarder Alisher Usmonovga tegishli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring