62 yil birga yashagan er-xotin bir kunda vafot etdi
AQShda 62 yil birga yashagan er-xotin yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi va shu kasallik tufayli bir kunda hayotdan ko‘z yumishdi. Bu haqda «People» xabar berdi.
Aprel oyining o‘rtalarida Amerikaning Nyu-Jersi shtatida istiqomat qiluvchi 85 yoshli Lourens Fred va 83 yoshli Viktoriya koronavirus infeksiyasiga chalinib qolishdi. Chorshanba, ya’ni 22-aprel kuni ularning 51 yoshli o‘g‘li Jon ushbu kasallik tufayli olamdan o‘tdi. Oradan ikki kun o‘tar-o‘tmas er-xotinning o‘zlari ham bir necha soatlik farq bilan shifoxonada vafot etishdi.
Motam tutayotgan qarindoshlarining aytishicha, ular hayotda bir-biridan umuman ajralmagan.
«Lourens uchun Viktoriyaga g‘amxo‘rlik qilish va uning yonida vaqtini o‘tkazish eng katta baxt hisoblangan», — deb yozilgan erkakning ta’ziyanomasida.
Er-xotindan yana ikki o‘g‘il va olti nafar nevara qoldi. Lourens va Viktoriyaning o‘limidan so‘ng ular er-xotinning dafn marosimini munosib o‘tkazish uchun xayriya jamg‘armasini tashkil etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter