Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

45 daqiqa dars davomida virus yuklamasi ortmaydimi? Mutaxassis javobi

45 daqiqa dars davomida virus yuklamasi ortmaydimi? Mutaxassis javobi

Foto: «Lomservis.net»

45 daqiqa dars davomida yopiq sinfda dars o‘tishda, ayniqsa, o‘quvchilar orasida kasallanganlar bo‘lsa, virus yuklamasi ortmaydimi? Ushbu savolga SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

Eng avvalo, har bir ota-ona shuni tushunishi kerakki, bola va o‘zlari uchun eng xavfsiz muhit — bu xonadon hisoblanadi. Uydan tashqariga chiqdingizmi, kasallik yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘ladi.

Maktablarga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘qishga borgan bolalar soni ko‘proq bo‘ladi, bizga ma’lumki, uydan tashqarida 2-3 kishidan ortiq odamlar bo‘lsa, kasallik yuqtirib olish xavfi yuqori.

SSV tomonidan maktablarda bolalarni xavfsiz ta’lim olishi uchun belgilangan talablar:

sinflarda dars o‘tish jarayonida bolalar niqoblarda bo‘lishi;

niqoblar har 2-3 soatda almashtirilishi;

bolalar orasida 2 metrdan ortiq masofani saqlash;

qo‘llarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish imkoniyatini yaratilishi shart.

Agar bolalarning oilalarida kasallangan bemor bo‘lsa, bunday holatda ular kasallik tashuvchisi bo‘lishi mumkin.

Bir sinfda o‘tirgan bolalar 45 daqiqa dars davomida, kun buyi 3-4 ta fan o‘tilsa, albatta, virus yuklamasi ko‘payishi mumkin.

Bunday holatlarda xonalar kuniga 3-4 martadan ko‘p shamollatilishi kerak.

Har kun yakunida xonalar va yo‘laklar dezinfeksiya vositalari qo‘shilgan eritmalar bilan dezinfeksiyalanadi.

Agar bolalarning barchasi belgilangan sanitariya qoidalariga rioya qilishsa, virus yuklamasi kamayadi.

Shuningdek, maktabda yoki uyga kelishi bilan imkon qadar tez-tez tomoq chayib turilsa — virus yuklamasi yanada kamayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring