Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18-apreldan karantin qoidalari bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi

18-apreldan karantin qoidalari bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishi davom etmoqda.

Unda ta’kidlandiki, 18-apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi, deb yozmoqda O‘zA.

Bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtashish va 2 haftaga karantinga olish belgilandi. Ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

Yirik savdo majmualari va bozorlarda, do‘konlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishi, jumladan, qo‘llarni antitseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qat’iy nazorat qilinadi.

Ayni Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

1-maydan boshlab konsert-tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazishga ham qator cheklovlar belgilandi.

Yig‘ilish davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring