1,5 yoshli farzandi Yunusobodda enaga qo‘lida, yolg‘iz betob ona Yakkasaroyda... Milliy gvardiya qiyin ahvolga tushgan oilani jamladi

Yurtimizda karantin sabab fuqarolarimiz o‘z yaqinlaridan uzilib qoldilar. Ba’zi oilalarda farzandlar onalaridan uzoqda qolgani esa achinarli holdir, deyiladi Milliy gvardiya axborot xizmati xabarida.
Karantin qoidalariga so‘zsiz amal qilayotgan fuqarolarimizdan bo‘lgan Yashnobod tumanida yashovchi Mahmudovlar oilasi Milliy gvardiyaga yordamga muhtoj ekanliklarini aytib murojaat etdi. Ular 1,5 yoshli farzandi Yunusobod tumanida enaga qaramog‘ida qolgani, Yakkasaroy tumanida yolg‘iz yashovchi onasi esa betob bo‘lib qolgani bois, oilaning jamlanishiga yordam so‘rashgan.

Holat o‘rganilib, mazkur oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi. Milliy gvardiya xodimlari er-xotin Mahmudovlar bilan birga farzandini Yunusobod tumanidan olib, Yakkasaroydagi onasi xonadoniga yetkazib qo‘ydilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter