+106. Besh hududda yangi bemorlar aniqlandi

2020-yil 4-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 903 (+106) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli R.T. (ayol) hamda Olmaliq shahrida yashagan 59 yoshli M.S. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 40 176 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 2 391 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter