Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Urugvay nimchorak masalasini muddatidan avval hal qildi (video)

JCh-2018. Urugvay nimchorak masalasini muddatidan avval hal qildi (video)

Foto: «fifa.com»

Jahon chempionatining «A» guruhida Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bellashdi. O‘yin taqdirini yagona gol hal qildi. 23-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni Luis Suares darvozaga aniq yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

«A» guruhi

Urugvay – Saudiya Arabistoni 1:0

Gol: 1:0 – 23 Suares.

Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Varela, Godin, Sanches (Nandes, 82), Vesino (Torreyra, 59), Bentankur, Rodriges (Laksalt, 59), Kavani, Suares.

Saudiya Arabistoni – Al-Uvays, Xavsaviy, Ash-Shaxroniy, Al-Burayk, Al-Bulayxiy, Al-Jasim (Al-Mojaviy, 44), Utayf, Al-Faraj, Ad-Dosariy, Baxibriy (Kanno, 75), Al-Muvallad (As-Saxlaviy, 78).

Shu tarzda JCh-2018ning dastlabki nimchorak final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Rossiya va Urugvay har ikkala o‘yinda g‘alaba qozonib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari esa JChdagi ishtirokini guruh bosqichidan so‘ng yakunlashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring