Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2020da sensatsiya. Fransiya turnirni tark etdi

Yevro-2020da sensatsiya. Fransiya turnirni tark etdi

Foto: UEFAcom

Yevropa chempionatining nimchorak finalida Fransiya penaltilar seriyasida Shveysariyaga yutqazib, musobaqani tark etdi. Mbappening penaltidan seriyasidagi xatosi qimmatga tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida Shveysariya so‘nggi daqiqalarda kambek qilishga muvaffaq bo‘ldi va penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi.

Yevro-2020. 1/8 final

Fransiya — Shveysariya 3:3 (penaltilar seriyasi — 4:5.)

Gollar: Benzema (57, 59), Pogba (75) — Seferovich (15, 81), Gavranovich (90). 

Amalga oshirilmagan penalti: Rodriges (55).

Fransiya – Loris, Varan, Kimpembe, Langle (Koman 46, Tyuram 111), Pavar, Pogba, Kante, Rabo, Benzema (Jiru, 94), Mbappe, Grizmann (Sissoko, 88). 

Shveysariya – Zommer, Elvedi, Akanji, Rodriges (Mehmedi, 87), Vidmer (Mbabu, 73), Suber (Fassnaxt, 79), Froyler, Jaka, Shakiri (Gavranovich, 73), Embolo (Vargas, 80), Seferovich (Sher, 97).

Ogohlantirishlar: Varan (30), Elvedi (32), Rodriges (62), Jaka (76), Koman (88), Pavar (91), Akanji (108).

Penaltilar seriyasi: Gavranovich (0:1), Pogba (1:1), Sher (1:2), Jiru (2:2), Akanji (2:3), Tyuram (3:3), Vargas (3:4), Kimpembe (4:4), Mehmedi (4:5), Mbappe (4:5, darvozabon).

Shveysariya chorak finalda Ispaniya bilan bahs olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring