Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2020: Shveysariya – Ispaniya uchrashuvi chinakam duelga aylandi

Yevro-2020: Shveysariya – Ispaniya uchrashuvi chinakam duelga aylandi

Foto: «Yandex.ru»

Yevropa chempionati chorak finalining birinchi uchrashuvida Shveysariya va Ispaniya maydonga tushdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Koke to‘pni o‘ng burchakdan jarima chizig‘iga uzatib berdi. Shveysariyaliklar sakrab unga yeta olishmadi. Sal narida turgan Alba esa zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Zommer zarba berilayotgan jarayonni ko‘rganday bo‘ldi, ammo to‘p Zakariyaning oyog‘iga tegib, darvozabonga qarama-qarshi tomonga yo‘naldi. Alamli gol! UYeFA dastlab golni Albaning hisobiga yozdi. 10 daqiqadan so‘ng esa avtogol qayd etildi.

68-daqiqada xato ortidan xatolar tufayli Shakiri hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Avvaliga Pau Torres to‘pni muvaffaqiyatsiz uzatib berdi, keyin esa Buskets maydon markazida ishonchli o‘ynamadi. Oxir-oqibat, pala-partishlik sababli to‘p to‘ppa-to‘g‘ri Froylerning oyog‘iga borib tushdi. Remo shu zahoti 11 metrli nuqtaga to‘pni uzatdi. Har joyda hoziru nozir Shakiri osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi.

O‘yin tugashiga 13 daqiqa qolganda Froylerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatildi. U ikkala oyog‘i bilan Jerar Morenoning oyog‘iga tashlandi, shu bois hakam ikkilanib ham o‘tirmadi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob o‘zgarmasdan qoldi.

Qo‘shib berilgan taymlarda ispanlar tinimsiz hujum qilishdi, lekin niyatlariga yeta olishmadi.

Penaltilar seriyasida Ispaniya Shveysariyadan ustun keldi.

Shveysariya – Ispaniya 1:1

Penaltilar seriyasi: 1:3

Gollar: 0:1 – 8, avtogol Zakariya, 1:1 – 68 Shakiri.

Shveysariya – Yan Zommer, Niko Elvedi, Manuel Akanji, Rikardo Rodriges, Silvan Vidmer (Kevin Mbabu, 101), Denis Zakariya (Fabian Sher, 101), Remo Froyler, Stiven Suber (Kristian Fassnaxt, 90), Jerdan Shakiri (Jibril Sou, 81), Brel Embolo (Ruben Vargas, 23), Xaris Seferovich (Mario Gavranovich, 82).

Ispaniya – Unay Simon, Sesar Aspilikueta, Emerik Lyaport, Pau Torres (Tyago Alkantara, 113), Jordi Alba, Serxio Buskets, Koke (Markos Lorente, 90), Pedri (Rodri, 119), Ferran Torres (Mikel Oyarsabal, 91), Pablo Sarabiya (Dani Olmo, 46), Alvaro Morata (Jerar Moreno, 54).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring