Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya ertagi davom etadi!

Daniya ertagi davom etadi!

Kristian Eriksen voqeasi sabab chempionatni ikki mag‘lubiyat bilan boshlagan Daniya yarimfinalgacha yetib keldi.

Chorakfinalda Chexiya termasi bilan bahslashgan daniyaliklar Delaney va Dolbergning gollariga hisobiga oldinga o‘tib olishdi. Chexiyaliklar to‘purar Shikning bir goli bilan javob qaytara olishdi xolos.

Chexiya — Daniya 1:2

Gollar: Shik (49) — Dileyni (5), Dolberg (42).

Chexiya – Vatslik, Chelyustka (Brabets, 65), Borjil, Kalas, Soufal, Shevchik (Darida, 80), Holesh (Yankto, 46), Souchek, Barak, Masopust (Krmenchik, 46), Shik (Vidra, 79).

Daniya – Shmeyxel, Larsen (Vass, 71), Ker, Vestergor, Mele, Dileyni (Yensen, 81), Hyoyberg, Damsgor (Nergor, 60), Kristensen (Andersen, 81), Dolberg (Poulsen, 59), Breytueyt.

Ogohlantirishlar: Krmenchik (84), Kalas (86).

Daniya yarimfinalda birozdan keyin bo‘lib o‘tadigan Ukraina — Angliya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring