Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina yoki Fransiya — kim chempion bo‘ladi? G‘alati raqamlar...

Argentina yoki Fransiya — kim chempion bo‘ladi? G‘alati raqamlar...

Foto: Championat.com

Bugun Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionatining asosiy o‘yiniga guvoh bo‘lamiz. Soat 20:00 dan boshlab Argentina va Fransiya chempionlik uchun jangga kirishadi — boshqacha ta’riflash mumkin emas.

Kim chempion bo‘ladi? Qatardagi turnir kutilmagan natijalarni tortiq etmoqda, taniqli mutaxassislar, hatto superkompyuterni dog‘da qoldirgan hisoblar qayd etildi. Shunga qaramasdan, turli raqamlar, qonuniyatlar, tasodiflar yordamida g‘olibni oldindan aniqlashga urinishlar to‘xtagan emas. Ularning ayrimlari qiziq, haqiqatga yaqindek, ehtimolki, bugungi o‘yinda ham isbotini topar.

Jamoaning g‘alabasi bosh murabbiyning millatiga bog‘liq

Ilk jahon chempinati o‘tkazilgan 1930-yildan buyon turnirni faqat o‘z millatiga mansub murabbiy yetovidagi terma jamoa yutgan. Lionel Skaloni — argentinalik, Dide Desham — fransuz.

FIFA futbol simulyatori JCh g‘olibini ketma-ket uch marta topgan

FIFA simulyatori 2010, 2014 va 2018-yillardagi jahon chempionatlari g‘olibini to‘g‘ri topgandi: Ispaniya, Germaniya va Fransiya. Simulyator 2022 yilgi g‘olib sifatida Argentinani ko‘rsatmoqda!

JCh arafasida «Oltin to‘p» olgan o‘yinchisi bor jamoa turnirda mag‘lubiyatga uchraydi

Jahon chempionati o‘tkazilgan yilda «Oltin to‘p» olgan o‘yinchining mamlakati jamoasi mundialda omadsizlikka uchraydi. Ehtimol, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu uchun jahon chempionligi hamon orzuligicha qolayotganiga sabab shudir. Agar bu mantiq Qatarda ham ishlasa, Fransiya yutmasligi kerak, amaldagi «Oltin to‘p» sohibi — Karim Benzema.

Chempion jamoa safida «Bavariya» yoki «Inter» futbolchisi bo‘lishi shart

1982-yildan buyon tarkibida «Bavariya» yoki «Inter» futbolchisi bor terma jamoa chempion bo‘lmoqda. Kim bilsin, 2022 yilgi mundialda Braziliya va Ispaniyadan shu sababli omad yuz o‘girgandir.

  • Argentina safida hujumchilar Lautaro Martines va Xoakin Korrea «Internatsionale» futbolchilari.
  • Fransiya tarkibida himoyachilar Benjamen Pavar, Dayo Upamekano, Lyuka Ernandes, yarimhimoyachi Kingsli Koman «Bavariya futbolchilari.

Yana ayrim raqamlar

Argentina va Fransiya ikki marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Qiziq fakt: har ikki terma jamoa ilk chempionlikka o‘z mamlakati mezbonlik qilgan mundialda erishgan: Argentina — 1978-yili, Fransiya — 1998-yili.

Katta ehtimol bilan bugungi final gollarga boy bo‘ladi: har ikki jamoa ko‘p gol urib chempion bo‘lgan.  

1978-yilgi JCh finali

  • Argentina — Niderlandiya — 3:1

1986-yilgi JCh finali

  • Argentina — GFR — 3:2

1998-yilgi JCh finali

  • Braziliya — Fransiya — 0:3

2018-yilgi JCh finali

  • Fransiya — Xorvatiya — 4:2

Braziliya — 5, Germaniya va Italiya — 4, Urugvay, Argentina va Fransiya — 2 martadan jahon chempioni. Bugungi har qanday natijadan qat’i nazar, jahonning to‘rtinchi (balki uchinchi) eng kuchli jamoasi aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring