Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayevning maslahatchisi o‘zgardi

Zoyir Mirzayevning maslahatchisi o‘zgardi

Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi Hamza Jumayev ishdan ketdi.

«Oz emas, ko‘p emas 9 oy Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, axborot xizmati rahbari sifatida ishladim. Bugun esa o‘z xohishim bilan yangi maqsadlar sari ushbu dargohda faoliyatim tugadi», deb yozadi u.

Hamza Jumayevning qayd etishicha, viloyat hokimi xulosasi bilan «Toshkent haqiqati» va «Tashkentskaya pravda» gazetalari bosh muharriri G‘ayrat Sheraliyevga Toshkent viloyati hokimining axborot xizmati rahbari vazifasini bajarib turish yuklangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring