Zoyir Mirzayev Bosh vazirga murojaat qildi
![Zoyir Mirzayev Bosh vazirga murojaat qildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1226493270.jpg)
Shu yilning 21-dekabr kuni Bosh vazir A.Aripov rahbarligida iqtisodiyot tarmoqlari, ko‘p kvartirali turar joylar ijtimoy soha ob’yektlarini qish mavsumiga tayyorlash va mavjud muammolarni bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev aholini qiynab kelayotgan muammo bo‘yicha ma’lumot bergan.
– Viloyatimizning G‘uzor, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarida elektr energiyasi ta’minotida 8-12 soatgacha rejasiz uzilishlar kuzatilmoqda, – dedi Zoyir Mirzayev. – Natijada aholi tomonidan haqli e’tiroz va noroziliklar ko‘paymoqda. Sababi ushbu hududlarda ko‘pchilik aholi tog‘li va qishloq joylarda yashaydi.
Ushbu ko‘tarilgan muammoga Bosh vazir alohida e’tibor qaratib, 2 kun ichida vaziyatni o‘nglashga, rejasiz 8-12 soatlab uzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter