Zoir Mirzayev kafe va restoranlarni karantin qoidalariga amal qilgan holda ochishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 24 aprelda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari tahlili asosida karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan takliflar kiritish, qurilishlarni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Respublika maxsus komissiyasiga viloyatdagi ichki nazorat maskanlarini qisqartirish, qurilish materiallari savdosi dukonlari, qurilish-montaj ishlari, restoran va kafelarni karantin qoidalariga amal qilgan holda cheklangan mijozlar bilan ishlashiga hamda ochiq va sun’iy qoplamali o‘yingohlarda (kiyinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan holda) shug‘ullanishga ruxsat berish kabi bir nechta takliflar bilan chiqqan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, takliflar ichida fuqarolarimizni mototsikl, skuter va velosipedlarda karantin qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi ham joy olgan.
Ma’lumot o‘rnida, Qashqadaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari koronavirusdan holi hududga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter