Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zirabuloq magistral gaz quvuri portladi, jabrlanganlar yo‘q (video)

Zirabuloq magistral gaz quvuri portladi, jabrlanganlar yo‘q (video)

Foto: Videodan skrinshot

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqand viloyati Narpay tumani hududida katta magistral gaz quvuri portladi», mazmunida xabar va videolavha tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan energetika vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Haqiqatdan ham Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozor shaharchasi yaqinidagi Zirabuloq magistral gaz quvurida bugun 2 fevral kuni soat 16.45 larda BGR-TBA Magistral gaz quvurlari 1-4 tarmoqlarining gaz quvuri yorilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Avariya natijasida jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q.

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi maxsus ishchi guruhining tezkor harakatlari natijasida soat 17:15da yong‘in bartaraf etildi. BGR-TBA Magistral gaz quvurlarining 2-3 tarmoqlari orqali gaz transport tizimi uzluksiz ishlashi yo‘lga qo‘yildi.

Ayni paytda Zirabuloq, G‘allaorol, Muborak va Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmalarining maxsus ta’mirlash brigadalari talofatni bartaraf etish maqsadida voqea joyida ish olib bormoqda, qisqa muddatlarda magistral gaz quvurlari qayta ishga tushiriladi va barqaror ishlashi ta’minlanadi.

Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring