Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshonda «Matiz» haydovchisi 8 yoshli qizchani urib yubordi

Zarafshonda «Matiz» haydovchisi 8 yoshli qizchani urib yubordi

Kecha 4-noyabr kuni Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida «Matiz» haydovchisi 8 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot  berdi.

Unda aytilishicha, kuni kecha Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, Yulduz ko‘chasida haydovchi X.B. «Matiz» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 2014 yilda tug‘ilgan M.M.ni urib yuborgan.

YTH natijasida piyoda M.M.ga Zarafshon shahar shifoxonasida tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ketishiga ruxsat berilgan. Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring