Zarafshon daryosida oqib ketayotgan fuqaro qutqarildi
2020-yil 28-iyun kuni soat taxminan 13:30 larda Samarqand shahar O‘zbektrakt ko‘chasi va Oydin yo‘li ko‘chasi kecishmasi yaqinida Zarafshon daryosida oqib kelayotgan Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro profilaktika katta inspektori katta leytenant Beknazarov Zohid Sharipovich tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib ketib, Zarafshon daryosida oqib ketgan. Shu hududda profilaktik tadbirlarni amalga oshirayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Zohid Beknazarovning holatga ko‘zi tushib qolib, zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, oqar suvdan fuqaroni chiqarib olib, hayotini saqlab qolgan.
Fuqaroga tezkorlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Voqeaning to‘liq tafsilotlari tez orada televideniya orqali namoyish etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter