Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zapravka»larda navbatlar ko‘paymoqda. Metan gazning narxi oshadimi?

«Zapravka»larda navbatlar ko‘paymoqda. Metan gazning narxi oshadimi?

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda metan «zapravka»larda navbatning uzayib borayotgani, bir qator metan «zapravka»larning yopiqligi, mazkur vaziyat metan narxining oshishidan darak bo‘lishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqaldi.

Energetika vazirligi axborot xizmati holatga izoh berdi.

«Barcha metan «zapravka»larga avgust oyi uchun ham ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra, tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgan. Hech qanday cheklov kiritilmagan.

Qaysidir metan «zapravka» o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turgan bo‘lsa, demak, bu qandaydir texnik sabablar yoki boshqa bir omil tufayli bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, avval ta’kidlaganimizdek, metan «zapravka»larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo‘q», deyiladi izohda.

Qayd etilishicha, aholi va boshqa toifadagi iste’molchilar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda tabiiy gaz narxining oshirilishi haqida avvaldan ogohlantiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring