Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zamonaviy Dubay me’mori (video)

Zamonaviy Dubay me’mori (video)

Shavkat Mirziyoyev va Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 26-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda Dubayning jadal ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘p jihatdan shahar va amirlik hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning g‘oyalari kuchli turtki bo‘lgani, ya’ni, bularning barchasi ochiqlik va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish siyosati tufayli ekani e’tirof etildi.

Dubay amiri haqida oxirgi vaqtlarda o‘zbek matbuotida ham ko‘plab chiqishlar qilinmoqda. Davlat boshqaruvida yarim asrlik tajribaga ega, 13 yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan bu inson o‘zining olamshumul loyihalari va aqlbovar qilmas ishlari bilan Dubayni insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etgan shaharga aylantirdi.


Mavzuga oid: O‘zbekistonda «Yil odami» bo‘lgan inson haqida nimalarni bilamiz?


Agar chin qalbdan istasa rahbar o‘zi kutganidan ham ko‘pini xalqiga bera olishiga hayoti va faoliyati bilan yaxshi misol bo‘la olgan bu inson O‘zbekistonda yaqinda «Yil odami» deb topilgandi. Ushbu tashabbusni ilgani surgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Muhammad bin Roshid Ol Maktum haqida videorolik ham taqdim qilgandi.

Dubay amiri Shavkat Mirziyoyevni o‘zbek tilida qutladi

Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAga davlat tashrifi haqida o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida o‘zbek tilida post qoldirdi.

«Biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan buyurganidan juda ham mamnunmiz. Ushbu tashrif ikki davlatimiz o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi», deb yozdi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum.

E’tiborli jihati, Dubay amirining «Tvitter»dagi sahifasida 9,56 mln. o‘quvchisi bor.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring