Yurtimiz toza bo‘lishi uchun nimalardan voz kechgan ma’qul?

Bugungi kunda ko‘cha-ko‘y, ariqlar, yon-atrof va umuman tabiatni ifloslantirayotgan plastik mahsulotlar juda ko‘p. Quyida yashirin plastik mavjud 5 ta narsani keltirib o‘tamiz.
⠀
Chiqindini kamaytirish uchun bulardan voz kechish kerak:
⠀
• Choy paketchalari. Bir qarashda ular qog‘ozdan yasalgandek ko‘rinsada, ularning ichiga polipropilen qo‘shiladi va paketchalar qayta ishlanmaydi.
⠀
• Nam sochiqchalar sintetik sellyuloza va plastik tolalardan yasaladi. Ular ham qayta ishlanmaydi.
⠀
• Dengiz tuzi. Greenpeace tadqiqotlariga ko‘ra 90 foizgacha tkshirilgan dengiz tuzining tarkibida mikroplastik mavjud
⠀
• Saqich. Saqichning tarkibida neftdan tayyorlangan plastik bor.
⠀
• Tetrapak qadog‘i. Sharbat, sut, kefir qadoqlari tarkibida karton, alyuminiy va polietilen bo‘ladi. Uni qayta ishlab bo‘lmaydi.
Balki bulardan voz kechsak, oz bo‘lsada mamlakatimiz toza bo‘lar?!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter