Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Yunusobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Shu vaqtga qadar Bektemir tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Jahongir Ibrohimov 1982-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

Jahongir Ibrohimov 2017-2020-yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-2021-yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Yunusobod tumanining avvalgi hokimi Rahmonbek Usmonov Transport vazir o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring