Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuksalish» umummilliy harakati davlat ro‘yxatidan o‘tdi

«Yuksalish» umummilliy harakati davlat ro‘yxatidan o‘tdi

Foto: «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

2019-yilning 25-yanvar kuni «Yuksalish» umummilliy harakati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi xabar berdi.

«Yuksalish» umummilliy harakatining asosiy maqsadi islohotlar, shu jumladan Davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtirish hisoblanadi. 

Jumladan, xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, NNTlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, fuqarolar, ayniqsa yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida birlashtirish, Davlat dasturlarida rejalashtirilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari mahalliy kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish, rivojlanish masalalari bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish, tahliliy sharhlar va takliflar tayyorlash, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish kabi qator yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, «Yuksalish» umummilliy harakatining raisi etib bundan avval «Taraqqiyot strategiyasi» markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Akmal Burxanov tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring