Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuk mashinasi 2 nafar qizaloqni bosib ketdi. Bir xonadonni vayron qilgan haydovchining o‘zi ham halok bo‘ldi

Yuk mashinasi 2 nafar qizaloqni bosib ketdi. Bir xonadonni vayron qilgan haydovchining o‘zi ham halok bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2020-yilning 28-sentyabr kuni soat 17:20 larda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi 28 yoshli haydovchi Sh.L. boshqaruvidagi «Volvo» rusumli (Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli) yuk avtomashinasida YTH sodir etdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Buloqboshi tumani Sanoat MFY, Gastrol ko‘chasidan o‘tgan «Buloqbosh-Andijon» avtomashina qatnov yo‘lining «Buloqboshi» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, yo‘lning chetida harakatlanib kelayotgan piyodalar 10 yoshli B.A. va 3 yoshli K.N.ni bosib o‘tib, shu yerdagi xonadonlarning biriga borib urilgan. YTH natijasida piyodalar B.A. va Q.N. hamda haydovchi Sh.L.lar vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respbublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi kelgusi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring