Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchi Sharof Boshbekov vafot etdi

Yozuvchi Sharof Boshbekov vafot etdi

O‘zbekiston Davlat mukofotining laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharof Boshbekov 71 yoshida vafot etdi.

1951 yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanining G‘ubir qishlog‘ida tug‘ilgan.

1969 yilda Toshkent teatr va rassomchilik instituti (hozirgi San’at instituti)ni tugatib, talay yillar Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida aktyor bo‘lib ishlagan.

Yozuvchilik ijodini 1980 yilda «Taqdir eshigi» nomli komediya bilan boshlagan. Keyin «Tikansiz tipratikanlar», «Eski shahar gavroshlari», «Tushov uzgan tulporlar», «Eshik qoqqan kim bo‘ldi?», «Musiqa sayyorasi», «Temir xotin», «Tentak farishtalar» va boshqa pesalari dunyoga kelgan.

Ko‘p qismli «Charxpalak»teleseriali muallifi. «Ma’rif va Sharif», «Tilla bola», «Masxaraboz», «Yuzsiz», «Doka ro‘mol qurishi», «O‘yin» kabi o‘nga yaqin badiiy filmlarning ssenariy muallifi sanaladi. Shuningdek, dramatik asarlaridan iborat «Eshik qoqqan kim bo‘ldi?» nomli kitobi chop etilgan.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring