Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoshlar» telekanali atrofidagi mojaro: telekanal manba ko‘rsatmagan edimi? (video)

«Yoshlar» telekanali atrofidagi mojaro: telekanal manba ko‘rsatmagan edimi? (video)

Kadr: «Yoshlar» telekanali

Kecha «Xabar.uz»da «Mualliflik huquqi mojarosi. O‘zbekistonlik bloger «Yoshlar» telekanalini sudga bermoqchi» sarlavhali maqola e’lon qilgan edik.

Maqolada «Troll.uz» loyihasi asoschisi Umid G‘ofurov mualliflik huquqini buzganligi uchun «Yoshlar» telekanali uzr so‘rashi lozimligi, aks holda sudga bermoqchi ekani bayon etilgan edi.

Saytimizga ma’lum qilishlaricha, «Yoshlar» telekanali mualliflik huquqini buzmagan. Boshlovchi jonli efirda sayyoh to‘g‘risidagi ma’lumot «Troll.uz» sahifasida yoritilganini aniq aytib o‘tgan va bu mavzuni yoritishni «Troll.uz» saytining xabar berishicha...» deya boshlagan.

«Yoshlar» telekanali bu voqeaga izoh bermadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring