Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar ittifoqi mukofoti: g‘oliblar taqdirlandi

Yoshlar ittifoqi mukofoti: g‘oliblar taqdirlandi

Foto: Yoshlar ittifoqi

Bugun, 25-dekabr kuni Toshkentdagi «Istiqlol» san’at saroyida «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti»ning tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qator vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi, fan-ta’lim va ijtimoiy soha, san’at, madaniyat, jurnalistika va sport sohasidagi fidoyi yoshlar, Yoshlar ittifoqining faol a’zolari hamda OAV ishtirok etdi.

Mazkur mukofot yoshlarga davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi, fan-ta’lim va ijtimoiy soha, san’at, madaniyat, jurnalistika va sport sohasidagi 33 ta nominatsiya bo‘yicha berilib, uning miqdori har bir sovrindor uchun eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida belgilangan.

Mukofotga vazirlik, idora va tashkilotlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hududiy hokimliklar tomonidan 33 ta nominatsiya bo‘yicha 700 nafardan ortiq yoshlar nomzodlari tavsiya etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida tuzilgan ekspertlar komissiyasi tomonidan nomzodlar hujjatlari o‘rganib chiqilib, 24 ta nominatsiya bo‘yicha 70 nafar yoshlar saralab olindi.

«O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti» sovrindorlarini taqdirlash marosimi to‘liq tasvirga olindi hamda 2017 yil 31 dekabr kuni «Yoshlar» va «Mening yurtim» telekanallari orqali efirga uzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring