Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar ittifoqi a’lochi talabalar to‘lov-kontrakti uchun 1 milliard  933 million so‘m ajratdi

Yoshlar ittifoqi a’lochi talabalar to‘lov-kontrakti uchun 1 milliard  933 million so‘m ajratdi

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi media markazi

2017-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalarida o‘rtacha o‘zlashtirishi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqida faollik ko‘rsatgan talabalar uchun to‘lov shartnoma summasining 35 foiz qismi to‘lab berilmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar markazida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 552 nafar talabaga bir yillik to‘lov shartnoma summasining 35 foiz miqdoridagi to‘lovlarni to‘lab berish va  ularni maxsus sertifikatlar bilan tantanali taqdirlash marosimi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ittifoqning Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari Oybek Rahmonberdiyev joriy o‘quv yilida ushbu imtiyozga Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining 1 ming 52 nafar talabalari hujjat topshirgani va ular orasidan 552 nafarining to‘lov shartnomasiga jami 1 milliard  933 million  644 ming so‘m miqdorda mablag‘ ajratilganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, imtiyozga eng munosiblarni saralashda talabaning oliy ta’lim muassasasida o‘rtacha o‘zlashtirishi 86 foiz va undan yuqori bo‘lishi,  tashkilot tizimida amalga oshirgan ishlari, faolliklari, o‘z shaxsiy tashabbuslari bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shahnoza Nurullayeva

        

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring