Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yolg‘onchi bemorlar» qaysi viloyatlarda eng ko‘p?

«Yolg‘onchi bemorlar» qaysi viloyatlarda eng ko‘p?

Foto: Xabar.uz / Mdex-nn

Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati 2022-yilda «Tez yordam» xizmatiga bo‘lgan yolg‘on chaqiriqlar statistikasini ochiqladi.

«Tez yordam» xizmatining eng asosiy vazifasi og‘ir ahvoldagi bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat. Biroq ayrim paytlarda fuqarolardan tibbiyot brigadalari chaqiriq manziliga o‘z vaqtida yetib bormagani haqidagi e’tirozlarni eshitib qolamiz. Bunga esa aksariyat hollarda yolg‘on murojaatlar sabab bo‘ladi.

Boisi mazkur vaziyatda shifokorlar haqiqiy yordamga muhtoj bemorlar qolib, yolg‘on qo‘ng‘iroq egasi va uning manzilini aniqlash bilan ovora bo‘ladi. Bu holat «103» xizmati sifati va tezligiga salbiy ta’sir etkazmasdan qolmaydi.

«Avvallari aholidan yolg‘on chaqiriqlar juda ko‘p bo‘lgan. Biroq koronavirus pandemiyasi davrida aksariyat yurtdoshlarimizda tibbiy savodxonlik va shaxsiy mas’uliyat ortib, ular «Tez yordam» xizmatining ahamiyati nechog‘liq muhimligini anglab yetishdi. Natijada bugunga kelib, yolg‘on va asossiz chaqiriqlar soni ancha kamaydi», — dedi Respublika tez tibbiy yordam markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yo‘ldoshev.

2022-yilda «103» xizmatiga jami 5 ming 446 ta ana shunday (yolg‘on) murojaat kelib tushdi. Buni 2021-yilgisi bilan taqqoslasak, 2 barobar kamaygan. Yaxshi!

Biroq ayrim hududlarda hamon yolg‘on chaqiriqlar soni yuqoriligicha qolmoqda.

2022-yil davomida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Toshkent viloyatida qayd etilgan — 1 ming 149 ta (O‘zbekistondagi yolg‘on chaqiriqlarning 21 foizi!). Keyingi o‘rinlarda: Navoiy (851) va Farg‘ona (779) viloyatlari.

Eng kam yolg‘on chaqiriq Jizzax viloyatida ro‘yxatga olingan — 20 ta!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring