Yo‘l bo‘yidagi eski uylar buziladi. Yangisini qurish uchun imtiyozli kredit beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yaqinda imzolangan ipoteka qarori doirasida ajratiladigan resurslardan G‘ijduvon tumanida foydalanish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
— G‘ijduvon tumanidan o‘tgan «A-380» xalqaro avtomagistral yo‘li yoqasida 245 ta aholi uy-joylari joylashgan.
Ushbu uylarning birinchi qavatida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish sharti bilan, ko‘p qavatli etib qayta qurish uchun, imtiyozli kredit ajratish hisobiga, kamida 1 mingta ish o‘rni yaratish mumkin.
Bunda, o‘tgan hafta imzolangan ipoteka qarori doirasida ajratiladigan resurslardan samarali foydalanish lozim, — dedi davlat rahbari.
Prezident ikki oy muddatda xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xonadonlarni xatlovdan o‘tkazib, ularda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalarni shakllantirish topshirig‘ini berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter