Yirik tadbirkor hokim lavozimiga tayinlandi
Joriy yilning 13 noyabr kuni xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan mazkur sessiya ishida Navoiy viloyati hokimi v.b. N.Tursunov so‘zga chiqib, tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sh.Nabiyevni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etish hamda tuman hokimi lavozimiga Ulug‘bek Fayziyevni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.
Ushbu qaror xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.
Ulug‘bek Fayziyev senator va tadbirkor, Navoiy shahridagi «Zarafshan Golden Group» MChJ ta’sischisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Qobul Tursunov vazifasidan ozod etilib, o‘rniga Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter