Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq egizaklar tug‘ilgan – statistika
O‘zbekistonda 7 oyda 10 621 nafar egizaklar tug‘ilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 250 nafarini 3 va undan ortiq egizak tug‘ilganlar tashkil etgan.
2022-yilning 7 oyida hududlar kesimida eng ko‘p 2 nafar egizak Samarqand (1 245 nafar), Qashqadaryo (1 071 nafar) viloyatlari hamda Toshkent shahri (976 nafar)da tug‘ilgan.
Shuningdek:
- Namangan viloyati – 944 nafar;
- Farg‘ona viloyati – 929 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 897 nafar;
- Andijon viloyati – 889 nafar;
- Toshkent viloyati – 872 nafar;
- Buxoro viloyati – 507 nafar;
- Jizzax viloyati – 489 nafar;
- Qoraqalpog‘iston R. – 461 nafar;
- Xorazm viloyati – 459 nafar;
- Navoiy viloyati – 354 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 278 nafar.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida 8 527 nafar egizaklar tug‘ilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter