Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan beri qancha avtomobil yo‘li ta’mirlangani ochiqlandi

Yil boshidan beri qancha avtomobil yo‘li ta’mirlangani ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

O‘tgan sakkiz oyda umumiy foydalanishdagi 104 km avtomobil yo‘llarida rekonstruksiya qilindi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda  Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

Jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi A-380 «G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» avtomobil yo‘lining 698-753 km (55 km) qismini rekonstruksiya qilish;

Navoiy viloyati hududidagi 4R57 «Qizilqum xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 0-8 km (8 km) qismini rekonstruksiya qilish;

Toshkent viloyati hududidagi 4R253 «Toshkent sh. – Turkiston sh/x – Qozog‘iston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 3 km.dagi temir yo‘l ostidan yo‘l o‘tkazgich qurish obektlarida bu ishlar oxiriga yetkazildi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 94 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring