Yig‘ilishlar, miting, ko‘cha yurishlar va namoyish uyushtirganga qanday jazo bor?
Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o‘tkazish tartibini buzish o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy kanalida xabar berib o‘tildi.
Agarda harakat tashkilotchisi aynan shu kabi harakatlar uchun ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, unda ushbu shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunda maksimal jinoiy jazo sifatida 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Bundan tashqari, ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, ko‘paytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni o‘tkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish fuqarolarga 20 mln 273 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 30 mln 409 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter