Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqinda ishdan olingan vazir Nurafshonga hokim bo‘ldi

Yaqinda ishdan olingan vazir Nurafshonga hokim bo‘ldi

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdan tashqari 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Rustam Xolmatov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich nomzodini tavsiya etdi.

Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan muhokamalardan so‘ng, Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich Nurafshon shahri hokimi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, zimmasiga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan yondoshgani, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun Soliyev Muzaffar Xoldorboyevich Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimidan ozod qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring