Yangiyo‘llik ikki ulfatning maishati fojia bilan yakun topdi

Yangiyo‘lda ikki ulfat o‘rtasidagi ichkilik bir insonning o‘limiga sabab bo‘ldi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, 28-mart kuni Yangi bog‘ MFYda yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan A.Ya. uyida tanishi, 1958-yilda tug‘ilgan T. X. bilan spirtli ichimlik iste’mol qiladi.
Ikki ulfat o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida mezbon mehmonning boshiga musht tushiradi va oqibatda T.X vafot etdi.
Qotil qo‘lga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter