Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda yigit voyaga yetmagan qizni jinsiy aloqaga majburlab kelgani aytilmoqda

Yangiyo‘lda yigit voyaga yetmagan qizni jinsiy aloqaga majburlab kelgani aytilmoqda

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi 19 yoshli yigit 10 kun davomida voyaga yetmagan qizni bo‘sh uyda saqlab, uni o‘zi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Nemolchi.uz» loyihasi.

Qayd etilishicha, 15 apreldan 24 aprelga qadar yigit butun jarayonni videotasvirga olgan va keyinroq qizni o‘zi bilan yana birga bo‘lishi uchun shantaj qilib kelgan. Shuningdek, videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasligi uchun qizdan 200 dollar pul ham olgan.

Jabrlanuvchi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganidan keyin, 2 may kuni gumonlanuvchi o‘sha bo‘sh uyda qizdan 2 million so‘m olayotganida ushlangan.

Yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi bilan ayblov e’lon qilingan. Mazkur ish bo‘yicha sud 3 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudida bo‘lib o‘tgan. Yigit og‘ir turdagi jinoyatni sodir etgani uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring