Yangiyo‘lda 227 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro G.Ya. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Yangiyo‘l tumanidagi «S.» va «A.O.» shirkati a’zolariga tegishli bo‘lgan 112 sotix yer maydonini 227 400 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini va’da qilib, ushbu pular hisobidan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumanida faoliyat yurituvchi «O.Yo.» fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi F.A. va «S.P.» fermer xo‘jaligi rahbari I.S. o‘zaro til biriktirib, «O.Yo.» fermer xo‘jaligiga uzoq muddatga sotish huquqisiz ajratilgan 30 sotix yer maydonini fuqarolar O.V. va X.T.ga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytib, 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Parkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.M. qo‘shnisi B.U.ning ishonchiga kirib, unga «Markaziy» MFY hududidagi 12 sotix yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berishini va’da qilib, evaziga 31 mln so‘m va 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Tekshiruv davomida M.M.tomonidan 10 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter