Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangihayot tumanida inspektor ushlandi

Yangihayot tumanida inspektor ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, sobiq «Toshissiqquvvat» DUK hozirda «Veolia Energy Tashkent» XK MChJ tuman boshqarmasi texnik inspektori B.J. fuqaro F.ning xonadonida issiq suv iste’moli uchun mavjud bo‘lgan 6,2 mln so‘m qarzdorlikni yo‘q qilib berish hamda qarzdorlik mavjud emasligi haqida elektron ma’lumot tayyorlab berish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring