Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil bayrami arafasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Yangi yil bayrami arafasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Foto: Xabar.uz

"O‘zgidromet" yil oxiridagi ob-havo ma’lumotini taqdim etdi

Bu yilning so‘ngi ish haftasi davomida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Kechalari kuzatilayotgan sovuqlar asta-sekin kuchsizlashadi, haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kechasi va ertalab 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Kunduzi havo 5-10 daraja iliqqacha, janubda 12-15 daraja iliqqacha, shimolda va Farg‘ona vodiysida 2-7 daraja iliqqacha isiydi.

Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuqdan 0-1 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi, kunduzi harorat asosan 6-9 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring