Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil bayrami kechasida qor yog‘adimi?

Yangi yil bayrami kechasida qor yog‘adimi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonning aksariyat qismida Yangi yil bayrami kechasida qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi direktori Sherzod Xabibullayev o‘zining «Facebook»dagi sahifasida xabar bermoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 31 dekabr kuni kechga tomon ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Xususan, yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Harorat kunduzi +2…+7 daraja, kechasi 0…+5 daraja bo‘ladi.

1 yanvar kuni esa Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi −1…+6 daraja, kechasi 0…+5 daraja bo‘ladi.

O‘zbekiston aholisi so‘nggi yillarda Yangi yilni kamdan kam hollarda qor bilan kutib oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring