Yangi vazir «suyunchi puli», «kesarcha kesish»dagi korrupsiyani keskin tanqid qildi
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov vazirlik Hay’at yig‘ilishida tizimdagi korrupsiyani keskin tanqid qildi.
— Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan korrupsiya urchigan bir qator yo‘nalishlar borki, birinchi navbatda ularga barham berishimiz kerak.
Xususan, ishga joylashtirish, ayniqsa hamshiralarni, roddomlardagi «suyunchi puli», «kesarcha kesish» uchun belgilangan stavkalar, order berishdagi tanish-bilishchilik kabi illatlar mavjudligini hamma biladi.
Afsuski, shu ishlarni amalga oshirayotgan ayrim nopok shaxslar tufayli butun tizim sha’niga dog‘ tushmoqda, — deya ta’kidlagan vazir.
Yangi yil tizimda «Korrupsiyaga qarshi kurash yili» deb e’lon qilinib, vazirlikning maxsus «Ishonch telefoni» tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amrillo Inoyatov «Quramax» dori vositalari sotilishini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter