Yangi universitetning birinchi imtihoni og‘zaki bo‘ladi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Vasiylik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Vasiylik kengashi a’zolari, respublika ommaviy axborot vositalari rahbarlari, ustoz jurnalistlar, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar qatnashgan tadbirda universitet rektori Sh.Qudratxo‘jayev qabul jarayoni, o‘quv yili rejalari, universitet oldida turgan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Yig‘ilishda bu yil ijodiy imtihonning dastlabki bosqichi og‘zaki tarzda bo‘lishi xabar berildi. Ularga asosiy baho soha mutaxassislari tomonidan beriladi. Navbatdagi bosqichda abituriyentlarning tanlangan mavzu bo‘yicha yozma ijodiy salohiyati sinovdan o‘tkaziladi. Joriy yil universitetning bakalavr bosqichiga 100, magistratura bosqichiga 30, sirtqi bo‘limga 30 nafar talaba qabul qilinishi mo‘ljallanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter