Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qarorni imzoladi

Prezident yangi qarorni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari faoliyati takomillashtiriladi. Bu haqda Prezident qarori qabul qilingan.

Hujjat bilan, Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tugatiladi.

Uning negizida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi tashkil etilmoqda. Bunda mavjud 197 ta markazlar maqbullashtirilib 29 ta markaz tuziladi.

Markazning asosiy vazifalari etib tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish belgilanmoqda.

Vazirlik va idoralarga esa qo‘shimcha vazifalar yuklanmoqda. Masalan, endi himoya orderi nusxasini olgan, ya’ni tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni IIV profilaktik hisobga oladi.

Shuningdek, «AZIZ-AYOL.UZ» yagona interaktiv milliy platformasi doirasida 24 soat uzluksiz ishlovchi «ishonch telefoni» raqami tashkil etiladi. U orqali xotin-qizlarga shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring