«Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi monument nega qayta ta’mirlanayotganiga izoh berildi
«Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi «Mustaqillik monumenti»da olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bo‘yicha Turkiyaning Outdoor Factory Acik Hava Fabrikas shirkati mutaxassisi Sinan Turaman quyidagilarni ma’lum qildi:
«Yangi O‘zbekiston bog‘ida barpo qilingan «Mustaqillik monumenti»ni O‘zbekiston milliy davlatchiligining uch ming yillik tarixini va uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasi bilan uyg‘un holda barpo qilingan.
Ushbu monumentni tarixshunos olimlar, mutaxassislar, ilmiy kengash a’zolari bilan keng muhokama qilish va respublika xududlaridagi tarixiy obidalarni joyiga chiqib o‘rganish natijasida yaratildi. Buning natijasida o‘ziga xos unikal bo‘lgan mustaqillik monumenti timsoli loyihasi yaratildi.
Quruvchi tashkilot va kompaniyamiz oldida ushbu monument loyihasini qisqa muddatlarda barpo qilish vazifasi yuklatildi. Ammo Turkiyada Covid-19 pandemiyasi sababli belgilangan karantin cheklovlari natijasida zarur mutaxassis va xom ashyo mahsulotlarini o‘z vaqtida O‘zbekistonga olib kelish imkoniyati bo‘lmadi. Natijada monumentda muhim bo‘lgan tarixiy shaxslar, davlat arboblari va hodisalarni aks etuvchi detallari to‘liq o‘rnatilmadi. Muddatning qisqaligi sababli bu ishlarni amalga oshirish Mustaqillik bayrami o‘tkazilganidan keyin amalga oshirilishi rejalashtirildi.
Bugungi kunda, Covid-19 pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar yumshatilgandan keyin hozirda ushbu ishlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Bu ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlariga kompaniyamiz tomonidan qo‘shimcha mablag‘ talab etilmaydi va kafolat sifatida amalga oshirilmoqda».
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 31 avgust kuni istiqlolimizning o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va Mustaqillik monumentining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter